Shaxsiy sayt ochish

Shaxsiy sayt nima uchun kerak. Shaxsiy sayt nomi bilan shaxsiy sayt. Ya'ni u saytdagi ma'lumotlaringizni sizdan boshqa hech kim ko'rolmaydi. Hozirgi paytda har bir kishining o'z shaxsiy sayti bo'lishi kerak. Masalan o'zimni ham shaxsiy saytim bor. U saytni ochganimga bir yarim yildan o'tdi. U saytga telefonimdagi barcha shaxsiy fayllarimni, hattoki kompyuter dasturlarimni, (uzim fotografman) to'ylarda tushirgan rasmlarimni hamda tayyorlagan to'y albomlarimni, deyarli barcha tayyorlagan fayllarimni shu yerda asrayman. Lekin shu paytgacha bironta ham faylim o'chib ketmagan. Oradan telefonimni uzgartirdim, Kompyuterim almashdi, lekin qaysi fayl kerak bo'lsa darrov topib olaman. Hozirgacha hisoblab ko'rsam shu bir yarim yil davomida 800 GBga yaqin fayllarni saytimga joylabman. Aytgancha akam to'ylarda video tasvirga oladi. Bitta to'yga o'rtacha 3-4 ta disk bo'ladi. 4ta disk eng kamida 18 GB degani. Akamga ham shunday sayt ochib berganman. Akam shu paytgacha saytga joylagan to'ylarini uzi 2 TBdan o'tib ketibdi.  Lekin hozirgacha saytni hostingi yoki serveriga 1000 so'm ham chiqim qilmaganman. Sizga ham shunday sayt ochishni tavsiya qilaman.